Bekoboddagi YTHda jarohatlanganlar 3 kunda uylariga qaytadi
O‘zbekistonda Qurbon Hayit bayrami shukuhi davom etmoqda. Bu kunda xayr-saxovat va mehr-muruvvat ko‘rsatish, keksalar, nogironlar va bemorlar holidan xabar olish o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlaridan biridir.
Ushbu an'anaga muvofiq, mamlakat hukumati, Toshkent viloyati hokimligi, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, xususan, KUN.UZ tahririyati muxbiri Tolib Rahmatov, Xabar.uz sayti fotomuxbiri Farrux Aliyev Bekobod shahriga safar qildi. Ular shu yilning 20 avgust kuni Bekobod tumani hududida Damas avtomashinasi va hukumat vakillari bo‘lgan avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan avtotransport hodisasida jarohatlangan haydovchi B.Saidov va yo‘lovchi A.Meliboyev holidan xabar olishdi.
Ta'kidlash o‘rinliki, ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida mazkur yo‘l-transport hodisasi keng muhokama qilinib, Damas avtomobili haydovchisi va uning hamrohi haqida turli noxolis ma'lumotlar tarqatilmoqda.
OAV va jamoatchilik vakillari fuqarolar B.Saidov hamda A.Meliboyev yengil tan jarohati bilan Bekobod shahar tibbiyot birlashmasida davolanayotganlariga guvoh bo‘lishdi. Birlashma bosh shifokorining ma'lum qilishicha, bemorlarning ahvoli qoniqarli va ular jiddiy jarohat olishmagan, shu bois 3 kun ichida oilalari bag‘riga qaytadi.
KUN.UZ muxbiri savoliga javob bergan B.Saidovning aytishicha, davolanish jarayonida hech qanday kamchilik yoki muammoga duch kelmagan. B.Saidov va A.Meliboyevlar o‘zlarini yaxshi his qilayotganlarini ta'kidlashdi.
Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston hukumati rahbariyati korteji Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi "Dehqonobod" MFY yaqinida avariyaga uchragan, oqibatda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va uning o‘rinbosari, «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Sultonov jarohat olgan edi. Ushbu yo‘l transporti hodisasi va uning qanday sodir bo‘lgani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati esa mazkur YTHda bosh vazir o‘rinbosari Alisher Sultonov nisbatan jiddiyroq jarohat olganini, umuman, YTH oqibatida bosh vazir va uning o‘rinbosari bilan birgalikda jami 6 kishi tan jarohati olganini ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
-
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Jamiyat | 11:56
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

09:13 / 14.02.2025
Bekobodda tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi

18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

18:01 / 26.06.2024