Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi joriy öquv yilida kontrakt miqdorini oşirişni rejalaştirmayapti. Bu haqda Kun.uz muxbiri bilan suhbatda vazirlik matbuot xizmati rahbari Farhod Babaşev aytib ötdi.

Muxbir vazirlik vakiliga: «Kuzgi semestrda öqiş masofadan taşkil etilsa yoki ayrim kurslarda öqiş sentyabrdan emas, oktyabr oyidan boşlansa, kontrakt narxi ham şunga mos tarzda kamaytiriladimi?» deya savol bilan murojaat qildi.

Farhod Babaşev dastlab pandemiya munosabati bilan e'lon qilingan karantin çeklovlari davrida OTMlarning barça professor-öqituvçi va xodimlariga belgilangan tartibda iş haqlari va mehnat ta'til pullari öz vaqtida töliq, jumladan talabalarga stipendiya tölovlari ham amaldagi normativ hujjatlar asosida tölab kelinayotganini ta'kidladi.

«Bu borada talabalarga professor-öqituvçilar 2020 yilning 1 aprelidan boşlab, masofaviy iş rejimiga ötgan holda tasdiqlangan fan dasturlari asosida belgilangan darslarni onlayn körinişida ötib kelmoqda.

OTMlar talabalarga masofaviy (onlayn) ta'lim beriş joriy etilgani munosabati bilan uni taşkil etiş va moddiy bazasini yaratişga qöşimça mablağlar sarflamoqda.

Bundan körinib turibdiki, amaldagi bazaviy tölov-kontrakt miqdori, öqitişning haqiqiy xarajatlariga nisbatan kam (bugungi kunda xarajatlarning 69 foizini qoplamoqda xolos) belgilangani sababli tölov-kontrakt miqdorlarini kamaytirişning imkoni mavjud emas», – dedi u.

Babaşevning qöşimça qilişiça, koronavirus pandemiyasi tufayli fuqarolarning iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolga tuşib qolganini inobatga olgan holda vazirlik 2020/21 yilgi öquv mavsumida talabalarning tölov-kontrakt miqdorida özgariş qilişni rejalaştirmayapti.

«Bu borada tegişli hujjat yaqin kunlarda OAVga e'lon qilinadi. Şu hujjatda batafsil barçasini körişingiz mumkin», – deya vazirlik mutasaddisi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.