Muammoga yechim topildi: Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi jonli uzatiladi

Foto: Kun.uz
Jamoatchilikning keskin e’tirozlaridan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi jonli efirga uzatiladigan bo‘ldi.
Quyi palata matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 14 dekabr kungi navbatdagi majlis «O‘zbekiston», UzReport TV telekanallari hamda palataning feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilingan edi. Farmonda MTRK va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2021 yil 1 dekabrdan boshlab Qonunchilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalarining telekanallar va internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilishini ta’minlash vazifasi yuklangan.
Lekin shunga qaramasdan, Milliy teleradiokompaniya prezident farmoniga zid ravishda 1 dekabrdan buyon 3 marotaba Qonunchilik palatasi majlislarini efirga uzatish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmadi. Shuningdek, bu bo‘yicha izoh ham berib o‘tirmadi.
Xususan, 10 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisidan jonli efir bor-yo‘g‘i 48 daqiqa davom etdi xolos. Deputatlar muhim qonun loyihalari muhokamasi va amaldorlarning eshituvini doimgidek «pardalar ortida» o‘tkazishdi.
7 dekabr kuni esa Qonunchilik palatasidagi «Hukumat soati» ham prezident farmoniga zid ravishda jonli efirga uzatilmagandi. Palata matbuot xizmati prezident farmonini «aylanib o‘tib», Telegram'dagi yozma translatsiya ham jarayonni jonli yoritish deb hisoblanishini bildirdi.
Bundan tashqari, majlislarni jonli efirga uzatishga biz mas’ul emasmiz deyayotgan Qonunchilik palatasi deputatlari avvalgi majlislarga O‘zbekiston24, O‘zA kabi davlat OAVlari va UzReport TV'dan boshqa OAV vakillarini kiritishmagan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

20:54 / 15.04.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt haqida qonun qabul qilinmoqda. Unda nima yozilgan?

18:25 / 10.04.2025
Qonun kuchga kirganidan 5 yil o‘tgach, samaradorligi baholanishi mumkin

14:56 / 31.01.2025
Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqdi

16:50 / 03.12.2024