2021 yil 10 dekabr kuni boşlangan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisi töğridan töğri efirga 48 daqiqagina uzatildi. Aslida, uşbu jonli efir ham Qonunçilik palatasi yoki boşqa mas'ul davlat taşkiloti emas, “Özreport” telekanali tomonidan taşkil etildi.

“Özreport” telekanali muxbirining bildirişiça, avvaldan rejalaştirilgan boks böyiça çempionat dasturini soat 11:00dan efirga uzatiş maqsadida yalpi majlisni efirga uzatiş töxtatilgan.

Şundan söng, jamoatçilikda Qonunçilik palatasi yalpi majlisini jonli efirda kuzatiş imkoniyati yöqoldi. Holat prezident farmoniga rioya qilinmayotganini körsatdi.

Xususan, farmonda MTRK va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga 2021 yil 1 dekabrdan boşlab Qonunçilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi sessiyalarini telekanallar va internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişini ta'minlaş vazifasi yuklangan.

Uşbu voqea jamoatçilikning takroriy e'tirozlariga sabab böldi.

“Parlament quyi palatasining yalpi majlisi töğridan töğri efirga bor-yöği 48 minut ketdi. Unda biror-bir masala körilmadi, balki balandparvoz gaplar, paxtalar yangradi. Gimn maqtaldi, inson huquqlari maqtaldi, korrupsiya maqtaldi va 48:48 daqiqada efir uzildi. Telekanalda ketmasa, internetda ketaverişi kerak edi, ammo unday bölmadi.

Vaholanki, deputatlar jiddiy masalalarni körişi kerak edi. Masalan, davlat organlari şaffofligini ta'minlaşda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş böyiça parlament söroviga moliya vaziri Timur Işmetov javobi, yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisidagi qonun haqida yana filtrlangan axborot öqişga majbur bölamiz”, – deya munosabat bildirildi davletovuz telegram kanalida.

Qonunçilik palatasi holat böyiça bergan rasmiy munosabatida jonli efir “Özreport” telekanali boks böyiça çempionat dasturini uzatişni maqsad qilgani tufayli töxtab qolganini, palata “mamlakatda oçiqlik va oşkoralikni ta'minlaş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni töliq qöllab-quvvatlaşini” bildirgan. Munosabatda jonli efirni davom ettiriş masalasi tilga olinmagan.