Bugun, 7 dekabr kuni parlament quyi palatasida “Hukumat soati” bölib ötdi. Unda deputatlarning savollariga transport vaziri örinbosari Abdusamad Möminov va Davlat bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov javob berdi.
Qonunçilik palatasida ötgan bu yiğiliş 3 dekabrdagi majlisdan farqli ravişda jonli efirda namoyiş etilmadi.
Palata matbuot xizmati “Hukumat soati”dan faqat ayrim xabarlarinigina rasmiy Telegram-kanalida yozma körinişda beriş bilan çeklandi. Bu esa prezident Şavkat Mirziyoyevning 2021 yilning 16 iyundagi oçiqlik böyiça farmoni talablariga zid.
Kun.uz muxbiri “Hukumat soati” nega jonli tarzda efirga uzatilmayotgani böyiça palata matbuot kotibi, deputat Navröz Rizayevdan izoh söradi. U esa savolga javoban Telegram-kanalida berib boriladigan yozma ma'lumotlar ham jonli efir hisoblanişini bildirdi.
“Ketma-ket hamma ma'lumot rasmiy saytimizda tezkor berilyapti. U ham jonli deyiladi. Qaysi axborot bölsa, qöyilgan. Istagança foydalaniş mumkin”, – deya javob qaytardi Rizayev.

Ta'kidlaş kerak, palataning Telegram-kanalida barça tafsilotlar berilayotgani yöq. Masalan, vazir va qömita raisining hisobotiga deputatlarning munosabati, bergan savollari va takliflari oçiqlanmadi. Faqat quyidagiça umumiy axborot berildi xolos:
“Hukumat soati”da deputatlar sohani bugungi kun mezonlaridan kelib çiqqan holda yanada takomillaştiriş, transport-logistika sohasini rivojlantiriş, yuklarni bojxona orqali ötkazişni soddalaştiriş va raqamlaştiriş böyiça qator fikr-mulohaza hamda amaliy takliflarni bildirdilar”.
Ma'lumot uçun, davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini ta'minlaş böyiça

















