Farğona viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda viloyatdagi IIB binosidan 15 yoşli ösmirning murdasi çiqqani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinişiça, Farğona viloyati Uçköprik tumanidagi Sulton qişloğida yaşagan, 2007 yilda tuğilgan R.A. joriy yil 16 oktabr kuni Buvayda tumanidagi «Ansor» savdo majmuasida ota-onasining nazoratisiz yurgani va uşbu majmuada öğirlik qilmoqçi bölganida IIB xodimlari tomonidan uşlangan. 15 yoşli yigit tuman IIB boşliğining şu kungi qarori bilan Qöqon şahrida joylaşgan viloyat IIB JXX HPB VEIHYoKMga joylaştirilgan.

Viloyat prokuraturasiga köra, markazga joylaştirilgan kunning ertasiga – 17 oktyabrda R.A.ning soğliği yomonlaşib, huşidan ketgan. Şundan söng, tez yordam xodimlari unga tibbiy yordam körsatib, şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, marhumning ölimiga «boş miya kalla yopiq şikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilişi, boş miya moddasining lat yeyişi» sabab bölgan.

Mazkur holat yuzasidan Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan 18 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan oğir tan jarohati yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari davomida, jinoyatga bevosita aloqador ikki nafar şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan. Şuningdek, viloyat IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.

Mas’ullar voqea joyida bölib turgan Kun.uz muxbiriga izoh berişdan qoçmoqda.