Avtotransport vositalarini tasarruf etiş va ularni boşqariş huquqini beruvçi işonçnomalarni rasmiylaştiriş böyiça körsatmada avtotransport vositalarini tasarruf etiş va ularni boşqariş huquqini beruvçi işonçnoma 2 ta nusxada rasmiylaştirilişi, uning 1 nusxasi fuqaro tomonidan 10 kun içida hududiy DAN boşqarmalariga röyxatdan ötkaziş uçun taqdim etilişi belgilangan.
Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga asosan işonçnomalar notarial idoralarda rasmiylaştirilgan vaqtda uşbu işonçnomalar hududiy YHXDX organlariga hisobga oliş uçun elektron tarzda yuboriladi va Yagona avtomatlaştirilgan tizimga kiritiladi.
Hukumatning mazkur qaroriga asosan Adliya vazirligi va Içki işlar vazirligining 2000 yil 29 maydagi 01-526, 24/8-855-son Avtotransport vositalarini tasarruf etiş va ularni boşqariş huquqini beruvçi işonçnomalarni rasmiylaştiriş böyiça körsatmasi amalda öz ahamiyatini töliq yöqotgan.
Şu sababli, Adliya vazirligi tomonidan uşbu hujjatni öz kuçini yöqotgan deb topiş haqidagi loyiha tayyorlandi.

















