Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar böyiça 22 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş davom etmoqda.

Oliy sud matbuot xizmati xabar qilişiça, sud tergovi davomida söroq qilingan sudlanuvçi Lola Qallixanova öz körsatmalarida aybiga töliq iqrorligini va qilgan işidan çin köngildan puşaymonligini bildirgan.

«U sudlanuvçi D. Tajimuratovning Nukus şahrida miting ötkaziş haqida Jöqorği Kenges raisi nomiga ariza qoldirganligi töğrisidagi xabariga aldanib, uning uşbu gaplariga işonib qolganligi, şu sababli özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bildiriş hamda videoroliklar çiqarganligi, lekin uşbu holatlar aholining bu darajada kötarilib ketişiga sabab bölişini bilmaganligi, D. Tajimuratovning aldoviga uçganligi, uşbu qilmişi oqibatida odamlar vafot etganligi, ularning ölimida esa özini ham aybdor deb bilişini, şu sababli özini keçirmasligini, öziga qöyilgan barça ayblovlarni töliq tan olişini bildirdi», deyiladi xabarda.

Sud jarayonida iştirok etayotgan deputat, mustaqil komissiya a’zosi Alişer Qodirov sudlanuvçi Qallixanova juda ta’sirçan gapirgani, tartibsizliklarda vafot etgan har bir insonni vijdoniga yuk sifatida qabul qilganini, buni heç qanday qamoq jazosi ketkaza olmasligini aytib yiğlab yuborganini yozadi.

«Biz juda jiddiy xato qildik! Mamlakatimizga toş otdik, mamlakatimiz esa bizga uç mahal issiq ovqat berib, issiq-sovuğimizni ölçab ötiribdi. Judayam puşaymonman…» deya sudlanuvçining sözlarini keltiradi u.

  • Eslatib ötamiz, 1989 yilda tuğilgan, Makan internet-naşri ma’muri bölgan Lola Qallixanova Nukus voqealari vaqtida Dauletmurat Tajimuratov tomonidan tuzilgan uyuşgan guruhga birlaşib, ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm (ayirmaçilik) ğoyalari bilan yöğrilgan, aholini ommaviy tartibsizlikka da’vat qiluvçi materiallarni tarqatib kelganlikda (Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi, 159-moddasi, 244- va 244-1-moddasida körsatilgan jinoyatlar) ayblanmoqda.
  • Ma’lumot uçun, Qallixanova 2021 yil iyulida prezident tomonidan «Şuhrat» medali bilan mukofotlangandi.