Rossiya Içki işlar vazirligi prezident Vladimir Putin va Rossiya bolalar ombudsmeni Mariya Lvova-Belovani hibsga oliş uçun order bergan Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurori Karim Ahmad Xonni qidiruvga berdi.
Bunday ma’lumotlar Içki işlar vazirligi qidiruvdagi şaxslar ma’lumotlar bazasida paydo böldi.
Avvalroq Rossiya rasmiy vakillarini jinoiy javobgarlikka tortişga qaror qilgan XJS prokurori va sudyalari qidiruvga berilişi haqida Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin ma’lum qilgandi.
Rossiyada XJS sudyalariga nisbatan Jinoyat Kodeksining bir neça moddalari böyiça iş oçilgan. Jumladan, «qasddan noqonuniy hibsga oliş», şuningdek, «xalqaro himoyadan foydalanayotgan xorijiy davlat vakiliga hujum qilişga tayyorgarlik köriş».
Prokurorga nisbatan «qasddan begunoh şaxsni jinoiy javobgarlikka tortiş», «şaxsni oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda qonunga xilof ravişda ayblaş», şuningdek, «xalqaro himoyadan foydalanayotgan xorijiy davlat vakiliga hujum qilişga tayyorgarlik köriş» moddalari böyiça iş qözğatilgan.
Işda ayblanuvçilar – XJS prokurori Karim Ahmad Xon va sudyalar Tomoko Akane, Rosario Salvatore Aytala va Serxio Xerardo Ugalde Godines.
2023 yil 17 mart kuni Niderlandiyaning Haaga şahridagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravişda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda. Sud tuşuntirganidek, buning uçun şaxsan Putin javobgar, deb hisoblaş uçun «oqilona asoslar» bor. Xuddi şunday hibsga oliş orderi Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarildi.


















