Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda nosozlik sabab 3 mingdan ortiq xonadon elektrsiz qoldi
Toshkentdagi elektr tarmog‘i va nimstansiyada nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida ikkita tumandagi 3 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi.
14 avgust kuni Toshkent shahridagi «L-Parkenskiy-1» elektr tarmog‘i va «Lafarga» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumani iste’molchilari qisman (3 140 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Energetika vazirligi soat 21:56 holati bo‘yicha nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilayotganini va qisqa vaqt ichida bartaraf etilishini bildirdi va keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.
Soat 00:36 da ushbu tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklar to‘liq bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026