UzAuto Motors kompaniyasi 1 fevralgaça eng xaridorgir avtomobillar sotuvi böyiça mijozlar bilan şartnoma tuzişni töxtatdi. Şu vaziyatda xorijdan avtomobil olib kiriş uçun bojlarni pasaytiriş vaqti kelmadimi?

Boş vazir örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov yoşlar forumi doirasida berilgan uşbu savolga javob berdi.

Umrzoqovning sözlariga köra, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişga intilişi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni yölga qöyayotgani fonida import bojlari qayta körib çiqilmoqda.

“Bundan taşqari, hozir Özbekistonda bir emas, bir neçta avtomobil işlab çiqaruvçi korxonalar öz işini boşladi yoki boşlayapti. Buning ham, albatta, öziga yaraşa ijobiy ta’siri böladi.

Lekin umuman olganda men aytmoqçi bölgan gapingizga qöşilaman, Özbekistonda monopoliya bölişi kerak emas, bu sohada ham”, – dedi Umrzoqov 21 dekabr kungi forumda.

Eslatib ötamiz, UzAuto Motors 20 dekabrdan 1 fevralgaça Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotiş böyiça yangi arizalarni qabul qilmayapti. Kompaniya yarimötkazgiçlar yetişmovçiligini bunga sabab sifatida keltirdi.

Milliy işlab çiqaruvçi bungaça noyabr-dekabr oylarida yetkazib berişi kerak bölgan avtomobillarni yanvar-fevralda yetkazib berişini ma’lum qilgandi.

Undan avvalroq kompaniya oktyabr-noyabr oylari uçun Lacetti va Labo yetkazib beriş şartnomalarini bajara olmagandi.

Bundan taşqari, Cobalt avtomobilini şartnomada kelişilganidek – örindiqni isitiş moduli bilan sotib olişni istagan mijozlar köproq vaqt kutişga majbur böldi