Navoiy viloyati hokimligi xabariga köra, sessiyada taşkiliy masala körildi. 

Tuman hokimi Ğafur Aliyev boşqa işga ötgani sababli lavozimidan ozod etildi. Sayfiddin Nizomov Xatirçi tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sayfiddin Nizomov 1966 yilda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1990 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan, mutaxassisligi - iqtisodçi.

U 2002-2005 yillarda Farğona viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği, 2005-2008 yillarda Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği, 2008-2009 yillarda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi bölim boşliği, 2009-2015 yillarda Navoiy viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari bölib işlagan.

2015-2016 yillarda Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi huzuridagi institut direktori, 2016-2017 yillarda Mehnat vazirligi tasarrufidagi öquv markazi direktori bölgan.

Tayinlovga qadar S.Nizomov Toşkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.                                                                                                               

Ma'lumot uçun, Xatirçi tumani 1964 yilda taşkil topgan. Aholisi – 196,9 ming kişi. Tuman qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.