O‘zbekiston | 15:21 / 19.05.2024
20947
2 daqiqa o‘qiladi

Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda 7 ta yuk vagoni relsdan chiqib ketgani haqidagi video tarqaldi. «O‘zbekiston temiryo‘llari» holat yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, voqea  2024 yil 18 may kuni «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJga emas, balki «Chirchiq savdo baraka» MChJga tegishli bo‘lgan shoxobcha temiryo‘lida sodir bo‘lgan. BN Grain and oil group MChJ xodimlari vagonlardan yuk tushirish vaqtida temiryo‘l qurilmasi «lebyodka» ishlash texnologiyasiga rioya qilmagan.

Mazkur yuk vagonlarini tushirish vaqtida yuqoridagi tashkilot xodimlari lebyodka yordamida (kerakli texnikaga rioya qilmasdan) vagonlarni tortib olishga uringan, qurilmadan tros uzilib, vagonlar harakatlana boshlagan.

Vaziyat davomida BN Grain and oil group MChJ xodimlari vagonlar harakatini to‘xtatishga urinib ko‘rgan va natijada ikkita vagon g‘ildiraklaridan butunlay chiqib ketgan, yana beshta vagon yon tomonga ag‘darilib ketgan.

Hodisaning sababi qo‘shimcha qurilma — «lebyodka» yordamida ishlash texnologiyasining buzilishi sifatida aniqlandi.

  • «Lebyodka» — temiryo‘l vagonlarining omborlar va binolar yaqinidagi yuklash va tushirish joylarida harakatlanishi uchun mo‘ljallangan.

Mavzuga oid