Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi
“Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritildi. Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik hamda soliq va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik soliq organlari yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan holda, yuridik shaxs rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorning ma’muriy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi.
Tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablag‘lari bilan yoki plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitob shakliga qarab, ularning narxlarini sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish BHMning 30 baravari (8 mln 100 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq kodeksiga soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganda esa xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Videotasvirni yozib olish to‘xtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining ko‘chirma nusxasi soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi. Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarga majburiy tartibda jalb etiladi.
Mavzuga oid
18:32 / 04.11.2024
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi
11:00 / 30.10.2024
O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
07:50 / 09.10.2024