O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyadagi vizasiz rejim 30 kundan 90 kungacha uzaytirildi
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining Turkiyada bo‘lishlarini tartibga soluvchi viza rejimi haqidagi qaror Turkiya Respublikasi prezidenti qarorlari rasmiy onlayn byulletenida e'lon qilindi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan 327-sonli qarorga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolik pasportiga ega kishilarning Turkiya Respublikasiga sayohatlari uchun har 180 kun ichida 90 kundan oshmagan qayd bilan 30 kun bo‘lgan vizasiz rejim, 90 kungacha uzaytirildi.
Turkiyada juda ko‘p davlatlar uchun 90/180 viza rejimi amal qiladi. Bu Turkiya Respublikasi hududida 180 kunning 90 kunida vizasiz yurish mumkinligini anglatadi. Har bir yangi tashrif 180 kunlik davrni yangidan boshlab beradi. Davrlar biri-biriga qo‘shilishi mumkin, biroq vizasiz kunlarni hisob-kitob qilish majburiy shart hisoblanadi. Hisoblashda mamlakatga kirib kelish va chiqib ketish kuni ham hisobga olinadi. Mamlakatga qarab, 90 kunlik vizasiz rejimning barchasini bir martadayoq to‘liq ishlatish mumkin yoki chiqib ketish va qaytib kirish bilan uzaytirish mumkin. Masalan, O‘zbekiston fuqarolariga endi 90 kunlik vizasiz rejim taqdim etilmoqda. Bu degani O‘zbekiston fuqarolari bir martaning o‘zida Turkiyada 90 kun qolishlari mumkin.
Bu qarorgacha O‘zbekistonlik fuqarolar faqat diplomatik pasportga ega bo‘lsagina Turkiyada 90 kungacha vizasiz qolishlari mumkin edi.
O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada uzoqroq vaqt qolishi uchun yashash huquqini beruvchi istiqomat vizasini rasmiylashtirishi kerak. Bunda dastlabki oy uchun 25 AQSh dollari, qolgan oylar uchun 5 dollardan to‘lab boriladi — yiliga 80 dollar.
Bungacha Turkiyada Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qirg‘iziston uchun 90 kunlik vizasiz rejim amal qilib kelayotgan edi. Turkmaniston uchun vizasiz rejim hozircha 30 kunligicha saqlanib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp qop-qop va’dalar bilan Oq uyga qaytdi. Tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 19:02
-
Ipoteka bank OTP Group: 2024 yilning 9 oylik moliyaviy natijalari
Jamiyat | 19:00
-
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o‘rganiladi
O‘zbekiston | 18:39
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
Mavzuga oid
11:04
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
19:22 / 21.01.2025
Turkiyadagi kurortda chiqqan yong‘in qurbonlari soni oshmoqda
14:03 / 21.01.2025
Turkiyadagi kurort mehmonxonada yirik yong‘in sabab 10 kishi halok bo‘ldi
13:24 / 21.01.2025