Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boşqarmasi xodimlari Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda yer sotiş bilan boğliq bir neçta firibgarlik holatlariga çek qöydi.

Xususan, viloyat hokimligi huzuridagi kiçik sanoat zonalarini boşqariş direksiyasi xodimi 2 nafar şerigi bilan özaro til biriktirib, mahalliy fuqaroga fermer xöjaligi taşkil qilişi uçun Xöjaobod tumani hokimiyatidagi mansabdor tanişlari orqali 100 gektar yer ajratib, tegişli hujjatlarni tayyorlatib beriş evaziga undan 128 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

 Tergovoldi suriştiruv harakatlari davomida mazkur şaxslar özlarining bu yordamlari uçun avans sifatida 7 ming AQŞ dollari olgani aniqlandi.

Şuningdek, olgan pullarining 70 ming AQŞ dollarini Andijon viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasida işlovçi tanişiga berişlari kerakligi ma'lum böldi va tezkor tadbir davom ettirilib, u ham pul olgan vaqtida uşlandi.

Muqaddam Andijon şahar hokimligida kotibiyat mudiri lavozimida işlagan, bir neça bor sudlangan şaxs mahalliy fuqaroga mansabdor tanişlari orqali viloyat markazidagi Şimoliy kiçik sanoat zonasidan 80 sotix yer maydoni olib beriş va bu borada şahar hokimining tegişli qarorini çiqartirib beriş evaziga 50 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 20 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Yana bir holatda esa Uluğnor tumanida yaşovçi şaxs özi rahbarlik qilayotgan fermer xöjaligining sabzavotçilikka ixtisoslaşgan yer maydonidan 6 gektarini tuman hokimligida işlovçi tanişlari orqali mahalliy fuqaro nomiga ötkazib beriş evaziga undan 18 ming AQŞ dollari talab qilib, söralgan pulni 189 mln söm ekvivalentida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Viloyat markazida faoliyat yurituvçi MÇJ işçisi mahalliy fuqaroga Andijon şahar Şimoliy kiçik sanoat zonasidan 4 sotix yer maydonini 7500 AQŞ dollariga olib berişini aytib, oldindan 3400 AQŞ dollari oladi.

Keyinroq esa Andijon şahar Yer tuziş va köçmas mulk kadastr bölimida işlovçi tanişlari orqali uşbu yer maydoni böyiça şahar hokimining tegişli qarorini çiqartirib berişini aytib, qolgan 4100 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.

 Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan.