Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot kotibi Habibullo Nabiyevning Kun.uz saytiga ma'lum qilişiça, Covid-19 kasalligi tarqalişining oldini oliş doirasida xorijga aviaqatnovlar 2020 yilning 30 iyuniga qadar tiklanmasligi mumkin.

Parvozlar qaçon tiklanişi aniq emasligi bois 30 iyunga qadar aviaçiptalar sotiş töxtatiladi. Qatnovlarni tiklaş masalasi dunyodagi vaziyatga köra qayta körib çiqiladi.

Özbekiston mart oyining ikkinçi yarmidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqiçma-bosqiç töxtatgan edi. 30 mart kunidan Özbekistondagi mavjud barça aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay töxtatildi.

Respublikadagi aeroportlar iş faoliyati va aviaparvozlarning qayta tiklanişi yoki çeklov çoralari uzaytirilişi respublika maxsus komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.