O‘zbekiston | 14:12 / 24.07.2020
27956
2 daqiqa o‘qiladi

«Virus blokator organizmga havo-tomchi yo‘llari va teri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmaydi» – ekspert

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Odilovaning ta'kidlashicha, virus blokatorlar organizmga havo-tomchi yo‘llari va teri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmaydi. Qolaversa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, blokatorlar hech qanday foyda bermaydi.

Foto: TASS

«Darhaqiqat, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ham, aholi orasida ham viruslardan himoya kilish xususiyatiga ega blokatorlar odamlar orasida keng tarqalayotgani va ularning nojo‘ya ta'sirlari borligi haqida ma'lumotlar ko‘payib ketdi.

Mana shunday blokatorlarni taqqan odamning atrofidagi atmosfera havosini tozalashga yordam beradi va bu insonga yot jinslarning, ya'ni bakteriya va mikroblarning kelishidan himoya qiladi. Lekin organizmga havo-tomchi yo‘llari va teri orqali viruslarni kirib kelishidan to‘liq himoya qila olmaydi.

Shu sababli agar biz blokatorlarga ishonib oddiy sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmasak, ya'ni jamoat joylarida niqoblarni taqmasak, qo‘lqoplardan foydalanmasak, aholi bilan ko‘plab muloqotlarda bo‘lsak, ularning hech qanday foydasi bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun jamoat joylarida niqob va qo‘lqop taqish, tez tez qo‘lni sovunlash yuvish samaraliroq hisoblanadi», deya Barno Odilovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mutaxassis blokatorlarning sifati talabga javob bermasligi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ishlab chiqaruvchilar aholini aldayotgani iddao qilingan videoga munosabat bildirmagan.

Avvalroq AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov dorixonalarda sotilayotgan koronavirusdan himoya qiladigan virus blokatorlarning haqiqatan inson atrofida tozalikni ta'minlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy asosga tayanmaganini ma'lum qilgan edi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 