AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Transport vazirligi avtomobil va daryo transportini rivojlantiriş departamenti boşliği Ruslan Rözimetovning ma'lum qilişiça, transport kartalarini savdo nuqtalari, metropoliten, avtovokzal, temir yöl kassalari va aeroportlardan sotib oliş mumkin böladi.

«Yagona transport kartalarining narxi 8-9 ming söm atrofida bölib, uni uzoq vaqt davomida işlatiş mumkin. Kartalar hisobini bank plastik kartalaridagi mablağlar, bankomatlar, kiosklar, terminallar hamda mobil ilovalar orqali töldiriş mumkin. Yölovçi oy davomida saralaşi mumkin bölgan taxminiy miqdordagi pulni oldindan yoki har kuni kundalik xarajatni tölab borişi mumkin», deya Ruslan Rözimetovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda ma'lum qilinişiça, joriy etilayotgan avtomatlaştirilgan tizimda yölkira haqi uçun tölovlarni kontaksiz bank kartalari, jumladan, Humo, Uzcard, Visa, Mastercard va boşqalar orqali ham tölaş imkoniyati yaratiladi.
Avtomatlaştirilgan tizim:
Toşkent şahrida «Toşşahartransxizmat» AJ va «Toşkent metropoliteni» UKning ayrim yönalişlarida körsatilgan yölovçi taşiş xizmatlari uçun – 2020 yil 1 yanvardan;
Nukus şahri va viloyat markazlarida yölovçi taşiş xizmatlari uçun – 2020 yil 1 agustdan;
Respublikaning boşqa hududlarida – 2021 yil 1 yanvardan boşlab joriy etilişi kutilmoqda.

















