Islom.uz portali ma'lumotiga köra, bu Muşaf Madina Muşafining nusxasi asosida, rasmi Usmoniyda, imom Hafsning imom Osimdan qilgan rivoyatiga köra hamda xattot şayx Usmon Tohoning xatida tayyorlangan. Qur'oni Karimning uşbu nusxasini körikdan ötkaziş, zavobitlarini qöyiş va tadqiq etiş işlari Suriya Arab Respublikasi «Muşaf bitiş ilmiy hay'ati»ning sobiq rahbari, şayx, hofiz Yahyo Muhammad Nosih boşçiligidagi mutaxassislar tarafidan amalga oşirilgan.

U Ismoil Muhammad Sodiq rahbarligidagi «Hilol-nashr» naşriyot-matbaasida «Ğavsoniy» naşriyotining rasmiy ruxsati va asliy nusxasi asosida Özbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda naşrga tayyorlangan.

«Qur'oni Karim yana 20 ming nusxada, yangi körinişda sotuvga çiqariladi»

«Xabaringiz bor, «Hilol-nashr» naşriyoti 2018 yildan buyon Qur'oni Karim — Muşafi şarifni nashr etiş işlarini boşlagan. Uzoq yillar Özbekistonda Qur'on çop qilinmagan, şuning uçun ham bunga ehtiyoj juda katta edi. Umumiy hisobda hozirgi kungaça 75 ming adadda Qur'oni karim çop qilinib, öquvçilar qöliga yetib bordi.

Bugun naşriyot tomonidan yana 20 ming nusxada Muşaf sotuvga çiqarildi. Yurtdoşlarimiz Toşkent şahri va viloyatlardagi jami önta dökondan sotib olişlari mumkin.

Joriy yil birinçi çoragida Muşafi şarif yana 20 ming adadda, yangi körinişda sotuvga çiqariladi. Hozirda çop qiliş işlari ketmoqda. U hozirgidan biroz kiçikroq körinişda, yanayam çiroyli şaklda öquvçilar qöliga yetkazib beriladi, inşaalloh», deydi naşriyot xodimi Yorqinjon Haydarov.

«Allohga beadad şukr, şunday zamonlarga keldik»

Navbatdagi naşrni ham xalqimiz qizğin kutib olganini, birgina, Muşaf oliş uçun yuzaga kelgan navbatdan ham bilib oliş mumkin. Kalomi şarifni Toşkent şahri va viloyatlardagi «Hilol-nashr» kitob dökonlarida xarid qiliş mumkin. Kitob 35 ming söm qiymatda sotilişi belgilangan.