Özbekiston hududida vaqtinça bölib turgan afğonistonlik harbiy uçuvçilar 12 sentabr kuni amerikaliklarning Dohadagi harbiy bazasiga olib borib joylaştirilişi közda tutilgan. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar bergan.

Afğon qoçqinlari vaqtinça Dohada yaşab turişadi, ularning keyingi manzili keyinroq ma'lum qilinadi. Hozirça ularning qançadir qismi AQŞga olib ketilişi borasida ma'lumot yöq.

Qariyb bir oy muqaddam harbiy harakatlar vaqtida Afğoniston harbiy havo kuçlari samolyotlari va vertolyotlari orqali afğon uçuvçilari va ularning oila a'zolari Özbekiston hududiga qoçib ötgandi. OAV ma'lumotiga köra, Surxondaryodagi aeroportga 22 harbiy samolyot va 24 vertolyot orqali jami 585 kişi kelgan. Olib ötilgan harbiy texnikalar qatorida PC-12 rusumli yengil motorli samolyotlar, Amerikada işlab çiqarilgan Black Hawk rusumli hamda Rossiyada işlab çiqarilgan Mi-17 rusumli harbiy vertolyotlar ham bor.

Ma'lumotlarga köra, kuzatuv davomida afğonlarning Embraer-314 rusumli samolyoti özbeklarning MiG-29 rusumli samolyoti bilan töqnaşib, Surxondaryo viloyatining Şerobod tumani hududiga qulagan.

Hozirça harbiy texnikalar Amerikaga topşirilişi yoki Afğonistonga qaytarilişi borasida qaror qabul qilinmagan.

Hokimiyatga kelgan toliblar afğon uçuvçilarining mamlakatni tark etişiga, şuningdek, ularga biror davlat boşpana berişiga norozilik bildirgan.

«Bu uçuvçilar öz mamlakatiga qaytişlari kerak, Afğoniston ularga muhtoj. Biz mamlakatimizni endigina tiklaşni boşlayapmiz. Dunyo ahli Afğonistonni qayta quriş va xalqimizning iqtisodiy farovonligiga tösqinlik qilmasdan, bizga yordam berişi kerak», degan harakat rasmiysi Suhayl Şahin matbuot anjumani vaqtida.

Bundan taşqari, «Tolibon» olib qoçilgan aviatsiya texnikalarini ham qaytarişni talab qilgan.

WSJ naşrining qayd etişiça, afğon armiyasi uçuvçilari toliblarning asosiy duşmanlari sanalgan, uçuvçilar uruş vaqtida ularning pozitsiyalariga bombalar yoğdirib, eng köp talafot keltirgan. «Tolibon»ning sobiq hukumat amaldorlari va harbiy xizmatçilariga amnistiya e'lon qilganiga qaramay, uçuvçilar öz hayoti va yaqinlari hayoti uçun xavotirda va mamlakatga qaytişni istaşmagan.

  • Avgust oyi oxirida WSJ Özbekiston AQŞni «Tolibon» bosimi tufayli afğon uçuvçilarini çiqarib yuborişni rejalaştirayotgani haqida ogohlantirgani töğrisida xabar qilgandi.
  • Sentabr oyi boşida Reuters Özbekistondagi lagerda bölib turgan, AQŞ dasturlari doirasida öqitilgan afğon uçuvçilari Afğonistonga qaytarib yuborilişlaridan qörqayotgani haqida reportaj tayyorlagandi. «Agar bizni Afğonistonga qaytarişsa, ular (toliblar) bizni öldirişi 100 foiz aniq», degandi uçuvçilardan biri. Reuters lager tasvirlarini ham e'lon qilgandi.