Toşkent xalqaro aeroportida delegatsiya a'zolariga zar çoponlar kiydirildi. U yerda sportçilar jurnalistlarga intervyu berib, öz hissiyotlari bilan örtoqlaşişdi.



Bronza medalini qölga kiritgan para-dzyudoçi Şarif Xalilov hayajonda ekanligini yaşirmadi:

«Juda hayajondamiz. Kiçik maşaqqatimiz uçun bunçalik e'tibor böladi, deb öylamagandik.
Bronza uçun kuraşda braziliyalik raqib bilan keçgan bellaşuv ança qiziqarli ötdi. Jang yakuniga 5 soniya qolganida ham yutqazayotgandim. Alloh özi kuç berdi. Şuningdek, prezidentimizning bizni qöllab-quvvatlab aytgan gaplari motivatsiya böldi».
Paralimpiya çempioniga aylangan para-taekvondoçi Guljanoy Naimova ğalaba osonlikça qölga kiritilmaganini ta'kidladi:

«Turnir startida sinovlarga duç keldik: bir neça sportçilarimiz koronavirusga çalindi. Ularga dalda berib turdik. Bir-birimizni qöllab-quvvatladik.
Jangga çiqib borar ekanman, barçaga bergan va'dalarim, ota-onamning işonçi köz oldimga keldi. Biroz ortga çekiniş ham böldi, çunki Paralimpiadaga kuçli sportçilar keladi. Ammo delegatsiya a'zolarining ruhiy kömagi bilan ğalabaga erişdim va ayollar örtasida Olimpiada/Paralimpiada tarixida ğolib bölgan ilk özbek sportçisiga aylandim».
Yana bir çempion, para-yengil atletikaçi Boburjon Omonov Parijda ham yuqori natijalarga erişişni jiddiy maqsad qilgan:


























