Buxoro tarixiy markaziga yaqin hududlardagi inşootlar buzilib, örniga turizm markazi qurilişi haqidagi maqola e’lon qilingaç, Kun.uz ixtiyoriga Madaniy meros agentligi bölim boşliği A.Rasulov va Buxoro viloyati madaniy meros boşqarmasi boşliği Ş.Şarofiddinovning loyiha haqidagi ma’lumoti kelib tuşdi.
Unda aytilişiça, Buxoro şahrida joylaşgan Buxoro tarixiy markazi 1993 yilda YuNeSKO tomonidan Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan. Buxoro tarixiy markazining hududi 216 gektar bölib, uning muhofaza hududi esa 339 gektar (jami 555 gektar)ni taşkil etadi.
Qurilişi rejalaştirilgan turizm markazining umumiy maydoni 32,6 gektar bölib, töliqligiça Buxoro tarixiy markazining muhofaza zonasida joylaşgan. Bu hududda Milliy röyxatga kiritilgan 2 ta madaniy meros obekti joylaşgan. Bular – 2012 yilda qayta tiklangan “Sallohxona” darvozasi hamda 1980 yilda örnatilgan Abu Ali ibn Sino byusti.
Agentlik bu 2 obektni saqlaş va ularga zarar yetkazilişining oldini oliş uçun quyidagilarni taklif qilgan:
- Vazirlar Mahkamasining 30.03.2019 yildagi 265-sonli qaroriga asosan, “Sallohxona” darvozasining taşqi körinişiga hamda tarixiy qiymatiga zarar yetkazilişining oldini oliş maqsadida uning himoya hududida, ya’ni obektdan 50 metr masofa radiusida bino-inşoot qurilişini rejalaştirmaslik;
- hozirgi Tibbiyot instituti hududida joylaşgan Abu Ali ibn Sino byusti – madaniy meros obektini investor taklifiga köra öz örnida saqlab qoliş yoki investor tomonidan taklif etilayotgan umumiy konsepsiyaga töğri kelmagan taqdirda hukumat qaroriga muvofiq Buxoro şahar M.Iqbol köçasida joylaşgan Buxoro viloyati köp tarmoqli tibbiyot markaziy kasalxonasi yoki Buxoro tibbiyot kolleji hududiga köçiriş;
- Buxoro turizm markazi uçun tanlangan hududning Buxoro tarixiy markaziga tutaş va yaqin bölgan qismida bino-inşootlarni 2 qavat yoki 7,5 metrdan oşirmaslik tavsiya etiladi.
Şuningdek, agentlikning bildirişiça, YuNeSKOning Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qiliş konvensiyasi talablariga köra, Buxoro tarixiy markazi va uning bufer zonasida qurilişi rejalaştirilgan har qanday yirik loyihalar YuNeSKO bilan va mahalliy qonunçilikka köra, agentlik bilan majburiy tartibda oldindan kelişilişi şart.

















