Hozirda Rossiya, Qozoğiston va Özbekistonning «uç tomonlama» gaz ittifoqi parametrlari işlab çiqilib, kapital qöyilmalar hajmi aniqlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin aytib ötdi. 

«Hozirgi vaqtda ehtimoliy loyiha parametrlari ekspertlar darajasida işlab çiqilmoqda. Hamkorlarning real ehtiyojlarini, bölajak investitsiyalar hajmini aniqlaştiriş zarur», dedi diplomat. 

U barqaror va uzoq muddatli gaz yetkazib beriş butun Markaziy Osiyo mintaqasining energiya xavfsizligi va barqaror rivojlanişiga xizmat qilişiga işonç bildirdi. Galuzin gaz sohasida uç tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini «yaxşi» deb atadi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev ötgan yil noyabr oyi oxirida Kremlda bölib ötgan uçraşuvda Özbekiston iştirokida gaz sohasida «uç tomonlama» ittifoq tuziş masalasini muhokama qilgan edi. «Ittifoq»ning maqsadi gazni Rossiyadan Qozoğiston va Özbekiston hududlariga taşiş böyiça harakatlarni muvofiqlaştirişdan iboratligi aytildi. 

14 aprel kuni Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov mamlakatlar ittifoq ğoyasini muhokama qilişda oldinga siljişga muvaffaq bölganini aytdi. Uning qayd etişiça, «tomonlar ham tranzit şartlari, ham narx şartlari böyiça kelişib olsa, hamma barça narsadan qanoatlansa, hamma yutadi». Moskva, Ostona va Toşkent hamkorligining boşqa tafsilotlari keltirilmagan.