Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» futbol klublariga homiylik qilishni to‘xtatadi
«O‘zbekneftgaz» O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat bilan chiqib, «Nasaf», «Buxoro» va «Bunyodkor» klublarini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi. Avvalroq kompaniya sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish, homiylik to‘lovlarini to‘xtatish hamda xarajatlarni maqbullashtirishini e’lon qilgandi.
Foto: «O‘zbekneftgaz»
«O‘zbekneftgaz» AJ futbol klublarga homiylik qilishni to‘xtatyapti. Kun.uz manbasiga ko‘ra, kompaniya O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yuborib, «Nasaf», «Buxoro» va «Bunyodkor» klublarini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasining 2025 yilgi mavsumida «Nasaf» uchinchi, «Bunyodkor» beshinchi, «Buxoro» o‘n to‘rtinchi o‘rinni egallagandi. Milliy chempionatning yangi mavsumiga 15 kundan keyin, 27 fevral kuni start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yanvar kuni prezident huzurida «O‘zbekneftgaz»ning kelgusidagi ustuvor vazifalari ko‘rib chiqilgandi. Yig‘ilishda kompaniya faoliyatida operatsion samaradorlikni oshirish, xususan, sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish, homiylik to‘lovlarini to‘xtatish hamda xarajatlarni maqbullashtirish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilishi qayd etilgandi.
2025 yil 18 noyabr kuni imzolangan prezident farmoyishi bilan, davlat kompaniyalariga prezident ruxsatisiz homiylik bilan shug‘ullanishni to‘xtatish buyurilgan edi.
Mavzuga oid
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
12:23 / 24.04.2026
«Bunyodkor» va Rivaldo mojarosi. Qarzni kim to‘laydi?
22:37 / 22.04.2026
27 million mashmashasi: o‘zbek klublari budjetdan pul ola boshladi
17:07 / 20.04.2026