Kun.uz saytida Toyloq tuman tibbiyot birlaşmasida farzandini dunyoga keltirgan yoş onaning noqulay ahvolga tuşib qolgani haqida maqola e'lon qilingandi.

Maqolada farzandi operatsiya yöli bilan tuğilgaç, ona jismoniy holatidan kelib çiqib, çaqaloqni qöliga olib qaray olmagani, şifokorlar esa taşqarida uning yaqinlariga öğil farzand tuğilganini xabar qilişgani, ammo ikki kundan söng çaqaloq qiz bola ekani aytilgani haqida söz boradi.

Uşbu holat yuzasidan Toyloq tuman hokimligi hamda Samarqand viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatlari munosabat bildirdi.

Axborot xizmati bergan xabarda ayni vaqtda holat yuzasidan tuman içki işlar bölimi tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib borayotgani aytilgan.

Tuman prokuraturasining ma'lum qilişiça, çaqaloq va uning otasidan qon tahlili olingan. Ota va qizning qon guruhiy mansubligi bir xil natija körsatgan.

«Şu tahlilning öziyoq F.Obloberdiyevaning farzandi aslida ham qiz bola ekanini tasdiqlamoqda. Biroq ota-onaning bu tahlildan köngli tölmasa, DNK ekspertizasi ötkazilişi mumkin», – deyiladi munosabatda.

Kun.uz çaqaloqning yaqinlari bilan boğlandi. Ular ayni vaqtda qizaloqni uylariga olib ketişgani va tuman prokuraturasi taşabbusi bilan DNK ekspertizasi uçun namuna olinganini ma'lum qilişdi.