«Özavtosanoat» kompaniyasi öz saytida bayonot bilan çiqdi. Unda 1 avgustdan GM Uzbekistan avtomobillariga narxlar oşirilmasligi haqida söz yuritilgan.

«1 avgustdan «GM Uzbekistan» AJ avtomobillariga narxlar oşirilmaydi», - deyilgan xabarda. Keyinçalik u saytda körinmay qoldi. Kun.uz muxbirlari bilan suhbatlaşgan «Özavtosanoat» xodimi uşbu xabarni tasdiqlagan. Uning qayd etişiça, saytda texnik nosozlik kuzatilmoqda.

30 iyul kuni «Özavtosanoat» boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov 1 avgustdan avtomobillar narxi örtaça 14 foizga oşirilişi haqida xabar berdi.

«GM Uzbekistan» AJ avtomobillariga narxlar özgarmaydi. Xalqaro press-klubning 30 iyul kuni bölib ötgan sessiyasida muhokama qilingan avtomobillar narxi masalasi bugungi kunda tegişli taşkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikda har tomonlama örganib çiqilmoqda. Bunda uşbu masalaning ijobiy va salbiy jihatlari hisobga olingan», - deya ma'lum qilişgan kompaniyadan.

U yerdan ta'kidlaşlariça, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillar narxi haqida tarqalgan ma'lumot va prays-listlar haqiqiy emas.