Boş prokuratura ma’lumotiga köra, jinoyati foş qilingan mansabdor şaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2 742 nafari tuman (şahar) miqyosidagi vazirlik, idora va taşkilotlarda faoliyat yuritgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslarning: 

  • 2 103 nafari özganing mulkini özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş; 
  • 265 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qiliş;
  • 243 nafari firibgarlik;
  • 169 nafari poraxörlik;
  • 51 nafari mansab soxtakorligi; 
  • 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaraş;
  • 14 nafari mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş;
  • 249 nafari boşqa jinoyatlarni sodir etgan. 

Mansabdor şaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 12 mlrd söm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bölib, tergov jarayonida uşbu zararning 847 mlrd sömi undirilgan.

2021 yilda Özbekistonda 2345 ta jinoiy iş böyiça 2804 nafar mansabdor şaxs javobgarlikka tortilgan. Yetkazilgan zarar 913,7 milliard sömga baholanib, dastlabki tergov jarayonida 714,8 milliard söm undirilgan.