Kun.uz muxbiri Samarqandda sodir bölgan şubhali ölim hodisasi aslida qanday yuz berganini örganiş maqsadida Boliyevning yaqinlari hamda hodisaga aloqador tomonlarni eşitib, jurnalistik suriştiruv olib bordi.

Boliyev Oqdaryo tumanidagi ota uyida yaşab kelgan. Farzandlarining aliment pulini vaqtida tölolmagani uçun 2022 yil 25 oktyabr kuni unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Marhumning yaqinlari Raşid ayrim kunlarda özi işlaydigan maşina yuviş şoxobçasida ham tunab qolganini aytmoqda. Oxirgi marta uni 20 oktyabr kuni körişgan.

Marhumning otasi Nor Boliyev öğli bilan boğliq şunça harakatlar bölib ötganidan söng, aniqroği u vafot etgaç xabar topganidan norozi bölyapti.

“Nega MIB xodimlari öğlimga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan vaqtda bir oğiz xabar berib qöyişmadi? Biz harakat qilib öşa qarzni tölardik. Yoki içki işlar xodimlari öğlimda ruhiy özgariş bölgan paytda bizga xabar bermadi? Nega şifoxonalar öğlim ölib bölgaç, bizga xabar beryapti? Bolamda heç qanday surunkali xastalik yoki ruhiyatida buziliş bölmagan. Bunga işonmayman. Agar şunday bölsa, buni biz yillar davomida bilişimiz kerak edi”, - deydi Raşidning otasimarhumning .

Jamşid Boliyevga köra, unga dastlab mahalla raisi ukasining viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasida ekanligini ma’lum qilgan. U şifoxonaga yetib borgan paytda ukasi allaqaçon vafot etgani aytilgan.

 “Şifoxonada ölim sababini söraganimda, u yerga oğir ahvolda olib kelinganini aytişdi. Şifokorlar ukam bilan suhbatlaşişganda, uni içki işlar xodimlari urganini aytişgan. Ukam soğlom yigit edi, uning öz ajali bilan ölganiga işonmayman”, - dedi Jamşid Boliyev.

Marhum vafot etganidan söng uning bir neçta joylarida jarohat izlari aniqlangan. Bizga taqdim qilingan suratlarda uning yuz, quloq, burun qismida, şuningdek, oyoqlarida ham qontalaş jarohatlar körinib turibdi.

Aliment undiriş masalasi bilan şuğullangan Majburiy ijro byurosining Oqdaryo tuman bölimi xodimi Asror Röziyev ham Raşidning ruhiy muammosi bölmaganini aytmoqda. Odatda iş sudga taqdim qilinişidan avval maxsus tizim orqali fuqaroga oid ma’lumotlar inobatga olinadi.