Sankt-Peterburgdagi bozorda travmatik qurol işlatiş holati kuzatilgan ommaviy muştlaşuv yuz berdi, uç iştirokçi jarohat oldi. Bu haqda TASS Rossiya Içki işlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga köra, jabrlanganlar kasalxonaga olib ketilgan. Ta'kidlanişiça, savdo joyi uçun kelib çiqqan bahs mojaroga sabab bölgan.
«Svobodnaya pressa» xabariga köra, muştlaşuvda umumiy soni kamida sakkiz kişidan iborat bölgan Özbekiston va Ozarboyjon fuqarolari iştirok etgan.
Politsiyadan ma'lum qilişlariça, mojaro davomida travmatik qurol işlatilgan. «Fontanka»ning yozişiça, janjal iştirokçilaridan biri raqiblariga bita bilan hujum qilgan.

Politsiya voqea yuzasidan suriştiruv işlarini olib bormoqda.

















