Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi ikki davlat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 31 yilligi munosabati bilan tabrik e’lon qildi.

«4 mart – Özbekiston va Turkiya örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgan quvonçli kun!», deyiladi diplomatik missiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Özbekiston 1991 yil 31 avgustda öz mustaqilligini e’lon qildi. Öşa yilning 16 dekabrida Turkiya Özbekiston mustaqilligini tan olgan birinçi davlat bölgan edi.

Turkiya va Özbekiston örtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 4 martda örnatilgan. Turkiyaning Toşkentdagi elçixonasi 1992 yil aprelda, Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi 1993 yil yanvar oyida iş boşlagan.

Anadolu agentligining yozişiça, Özbekiston va Turkiya örtasidagi munosabatlar ma’lum bir davr mobaynida köngildagidek darajada bölmagan. 2016 yil noyabr oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Samarqandga taşrifidan söng vaziyat özgargan.

Turkiya davlati rahbari va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning muzokaralari ikki davlat örtasidagi şeriklik munosabatlariga turtki berib, ular taraqqiyotida yangi sahifa oçgan.

2017 yil oktyabr oyida Mirziyoyev Turkiyaga taşrif buyurdi. Bu 21 yillik tanaffusdan keyin Özbekistondan davlat rahbari darajasidagi birinçi taşrif bölgan edi.

Prezidentlarning siyosiy irodasi tufayli 2017 yilda munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarildi.

2018 yilda ikki davlat rahbarining taşabbusi bilan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşi taşkil etildi. 2020 yilda uşbu kengaşning birinçi yiğilişi Anqarada bölib ötgan edi.