Aholi punktlarida qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali yo‘llar piyodalar uchun svetoforlar bilan to‘liq jihozlanadi
1 yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy bo‘ladi.
Prezident “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy etib belgilandi.
O‘zbekistonda jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sonini 2030 yilgacha kamida 50 foizga kamaytirish rejalashtirilgan. Bu tasdiqlangan O‘zbekiston–2030 strategiyasi loyihasida ko‘rsatilgan.
2024 yilda jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq YTHlar sonini 10 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.
28 iyul kuni prezident o‘tkazgan yig‘ilishda aytilgan raqamlarga ko‘ra, yilning 1-yarmida 4 mingga yaqin avtoavariyalar sodir etilib, ularda 873 kishi halok bo‘lgan, 3,5 mingdan ortiq odam jarohatlangan.