Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarga ekologik stiker berish 2025 yil 1 martdan boshlanadi
Hukumat qarori bilan barcha toifadagi avtomototransportlarni ekostikerlash muddati bir yilga uzaytirildi. Avvalroq bu tizim shu yil 1 iyunda boshlanishi belgilangandi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
O‘zbekistonda “Ekologik transport” tizimini joriy qilish kechiktirildi. Vazirlar Mahkamasining 3 iyul kungi qarori bilan, tizim 2025 yilning 1 martdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
Hukumatning avvalroq qabul qilingan qarorida bu muddat 2024 yil 1 iyun deb ko‘rsatilgandi.
“Ekologik transport” tizimi doirasida, barcha toifadagi avtomototransport vositalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha normativlarga mosligi nazorat qilinadi.
Transport vositalari ekologiyaga zarari darajasidan kelib chiqib “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga bo‘linadi, xuddi shunday, shaharlardagi hududlar ham uchta toifaga ajratilib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayyan zonalarga kirishi cheklanadi.
Mavzuga oid
12:23 / 03.03.2026
2026 yil yanvarda yengil avto ishlab chiqarish 22 mingdan oshdi
08:49 / 28.02.2026
BMW yong‘in xavfi sabab 330 mingta avtomobilni qaytarib olyapti
13:08 / 14.02.2026
Qanday mashinalar antikvar deb topilishiga izoh berildi
13:30 / 12.02.2026