Özbekistonda yanvar-oktabr oylarida 7 ming 636 ta yöl-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda Senatda bölib ötgan avtomobil yöllarida xavfsizlikni ta’minlaşga oid yiğilişda senator Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Qutbiddin Burhonovning aytişiça, körilayotgan çoralarga qaramay, ölimga olib kelgan YTHlar soni yuqoriligiça qolmoqda.

2022 yil ötgan ön oyida 7 ming 636ta YTH sodir etilib, ularda 7 ming 174 nafar fuqaro jarohatlangan va 1 ming 931 nafar fuqaro halok bölgan, halok bölganlarning 226 nafari yoş bolalar. 

«Bu holat barçamizda birdek taşviş uyğotadi. Biz 200 dan ziyod bolaning ölimi haqida gapiryapmiz, vaholanki, bir nafar bolaning ham tinç zamonda bu tarzda halok bölişi fojiadir. Şu bois yöllarda xavfsizlikni ta’minlaş masalasi heç qaçon kun tartibidan tuşmaydi va, tabiiyki, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasining doimiy nazoratida böladi», deya Qutbiddin Burhonovning sözlarini keltirgan «Daryo».

Ma’lumot uçun, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikada 7 681 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda 1 964 kişi vafot etgan, 6 886 nafar inson jarohatlangan. YTH iştirokçilarining 3 441 nafari piyodalar, 1 268 nafari esa bolalar hissasiga töğri kelgan.