Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol ushlandi
U Interpol tomonidan qidiruvda bo‘lgan.
Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Nilufar Mirxonova qo‘shmachilikda ayblanib, hibsga olindi.
40 yoshli o‘zbekistonlik Turkiyada o‘tkazilgan «Qafas-28» operatsiyasi doirasida Chanoqqal’a viloyatida ushlangan.
Mirxonova Turkiyaga Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan fohishalar olib kelib, ularni fohishaxonalarga sotish bilan shug‘ullanganlikda gumonlanmoqda.
Turk nashrlariga ko‘ra, u bu faoliyati orqali oyiga 1 mln liradan olib turgan bo‘lishi mumkin.
Turk matbuoti uni «Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» deb atayapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Mirxonova Turkiya fuqaroligini olish uchun o‘n besh kun oldin soxta hujjatlar bilan turkiyalikka turmushga chiqqandi.
Turkiya ichki ishlar vaziriga ko‘ra, «Qafas-28» operatsiyasi doirasida Interpol tomonidan qidiruvga berilgan 58 kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026