Surxondaryolik bloger işi: Deputat va advokat boşqaça fikrda, IIV ogohlantiriş bilan çiqdi
|03:23 / 11.02.202156 6799 min
Mahalliy amaldorlarni tanqid qilib kelgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy tovlamaçilikda ayblanib, qamoqqa olindi. Deputat va advokat voqea aslida boşqaça bölganini aytmoqda.
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Blogerning hibsga olinişi sahnasi internetda tarqaldi va ijtimoiy tarmoqlarda munozaralarni keltirib çiqardi.
Videolardan birida, Termiz şahrida IIB xodimlari Otabek Sattoriy ismli blogerning yaşaş xonadonida tintuv ötkaziş yuzasidan ruxsat berilgani, unga nisbatan xodimlar «rezultat» uçun bironta tuhmatni qöyiş maqsadida öz uyidan kuç işlatilib bosib olib ketilgani bayon qilingan.
Içki işlar vazirligining Tergov departamenti rasmiy munosabat e'lon qildi.
Unda aytilişiça, 29 yanvar kuni Şerobod tumani «Qörğon» MFYda yaşovçi fuqaro Loçin T., ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning dekabr oyida u rahbarlik qiladigan «Çinora Gul baraka» dehqon bozorida oziq-ovqat yarmarkasida mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş jarayonida özini «bloger Sattoriy Otabek» deb taniştirgan şaxs kelib, bozordagi kamçiliklarni qöl telefoniga tasvirga olgan.
Bozorqömning arziga köra, 28 yanvar kuni bloger unga qönğiroq qilib, bozorni videotasvirga oliş jarayonida özi foydalanib yurgan «RedMi 5» telefoni sinib qolgani, agarda unga bitta yangi «Vivo-X50» rusumli telefon sotib olib bermasa, bozordagi salbiy holatlar tuşirilgan videolarni internetda tarqatib yuborişi bilan tahdid qilgan.
U blogerga nisbatan qonuniy çora körişni sörab, u bilan bölgan sözlaşuvlarni taqdim qilgan.
«Olib borilgan tezkor-tadbir davomida, fuqaro Otabek S. Loçin T.dan uyining oldida tovlamaçilik yöli bilan maxsus kimyoviy işlov berilgan bir dona narxi 5.040.000 söm bölgan «Vivo-X50» rusumli uyali telefon apparatini olgan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalil bilan uşlangan», – deyiladi departament axborotida.
E'tiborlisi, jinoyat işini Termiz şahar IIB emas, Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi qözğatgan.
Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayevning sözlariga köra, voqea aslida boşqaça bölgan.
Mavzuga oid
Foto: Telegram / Rasul Kusherbayev
«Otabek bir neça oy oldin jamoatçilik nazorati uçun Şerobod tumanidagi bozorda narx-navolarni telefoniga tuşirayotganida bozorning bir neçta zöravon xodimlari kelib, urib, ust-boşini yirtib, telefonini sindirib taşlaşgan.
Keyin u IIBga ariza berib, öşa zahoti bozordagi «zöravonlik» böyiça tuman hokimiga uçraşgan. Tuman hokimi Otabekka bu voqealarni internetga çiqarmaslikni iltimos qilib, unga sindirilgan telefon örniga tovon tariqasida yangi telefon olib berişlarini va şu yöl bilan yetkazilgan zarar qoplanişini va'da bergan ekan.
Qonunlarimizning adolatli va insonparvar ekaniga işongan men sodda deputat esa Otabekka:
— Mayli, siz sindirilgan telefoningizni oling, lekin bozordagi zöravonlik uçun bozor boşliği javob berişi kerak. Arizangiz natijasiz qolsa, menga murojaat yuboring. Özbekistonda prezident siyosati sabab oçiqlik bölmoqda, Surxondaryoda amaldorlar qonunlarga qaramasa ham prezident siyosatiga qarşi çiqmasa kerak, – deb, könglini kötarib jönatib yuboribman.
Bugun esa xuddi öşa bloger sindirilgan telefoni örniga, tovon tariqasida olgan telefonini deya tovlamaçilikda ayblanmoqda», – deb yozdi deputat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Kusherbayev mazkur voqeani «surxondaryolik amaldorlarning bitta blogerga emas, butun boşli söz erkinligiga, prezidentning oçiqlik siyosatiga qarşi isyoni» deb baholadi.
Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov fond nomidan qat'iy bayonot bilan çiqib, köplab savollarni örtaga taşladi.
«Nima uçun eng xavfli jinoyatçidek uning uyida tintuv ötkazildi, nima uçun u köplab odamlar bilan olib ketildi, nima uçun sud yopiq bölyapti?
Barça tovlamaçilikda gumon qilingan fuqarolarga şunaqa munosabat qilinadimi? Yoki bloger bölgani uçun şunday alohida «hurmat-ehtirommi»? Bu normal holatmi?
Içki işlar vazirligi bu masala yuzasidan izoh berişi şart. Metodlar qaçon özgaradi? Bosib olib ketmay, idoraga qonuniy çaqiruv qoğozi bilan çaqirilsa, kelmas edimi?
Ehtiyot çorasi sifatida nima uçun eng oğiri, qamoq tanlandi? Qonun hamma uçun barobar ekan, organ xodimlari ham oşirib yuborişmasin.
Bizning jamoat fondimiz bunday xatti-harakatni keskin qoralaydi. Boş prokuraturadan uşbu holatga huquqiy baho berişlarini söraymiz», deyiladi Allamjonovning bayonotida.
Bu orada boş qarorgohi AQŞning Nyu-York şahrida joylaşgan Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi — CPJ (Commitee to Protect Journaliss) Özbekiston hukumatini hibsga olingan bloger Otabek Sattoriyni ozod qilişga çaqirdi.
Taşkilotning işonişiça, bloger korrupsiyaga qarşi kuraşgani ortidan soxtalaştirilgan jinoyat işi asosida qamoqqa taşlangan.
Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi Tim Torlot ham voqeadan xavotir bildirdi.
«Agar tovlamaçilikni isbotlaydigan dalillar bölmasa, mazkur hibs voqeasi nafaqat xavotirli, balki söz erkinligiga raxna soluvçi yana bir harakatdir. Içki işlar organlarining öz vazifasini bajarişi va jamoatçilikni himoya qilişi muhim, biroq bu şunçaki tanqid uçun qamoqqa oliş emasligini körsatuvçi dalillarni taqdim etişlari ham ahamiyatlidir», – deb yozdi ingliz elçisi Twitter sahifasida.
Foto: Facebook / Otabek Sattoriy
Blogerning advokati Şavkat Şokirov Gazeta.uz'ga bergan ma'lumotga köra, 1 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Termiz şahar sudi gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanlagan.
Himoyaçi apellyatsiya şikoyati bilan murojaat qilgan, ammo jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyat sudi 5 fevral kuni qarorni öz kuçida qoldirgan.
Boz ustiga, Otabek Sattoriyga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan qözğatilgan jinoyat işi şu moddaning 2-qismiga qayta malakalangan.
165-moddaning 1-qismiga 3–5 yilga ozodlikni çeklaş yoxud şunça muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin bölsa, gumondor 2-qism bilan aybli deb topilgan taqdirda 5–10 yilga ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Advokat Ş.Şokirovga köra, ayblovni qayta malakalaşga heç qanday asos bölmagan.
«Biz bu haqda sud majlisida ma'lum qildik, ammo e'tirozlarimiz inobatga olinmadi. Agar uşbu moddaning birinçi qismi bölganida edi, hibsga oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanlaş qiyinroq keçardi. Şuning uçun hibsga oliş uçun sun'iy ravişda 2-qism tanlandi», — degan u.
Advokatning qayd etişiça, Otabek Sattoriy öziga qöyilgan ayblovlarni mutlaqo tan olmasligini bildirgan.
«Bu yerda zararni qoplaş töğrisida gap ketmoqda. Agar Otabek bloger emas, oddiy fuqaro bölganida edi, amaliyotda köramizki, jinoiy iş qözğatilmas edi. Bu fuqarolik-huquqiy masala deb hisoblanardi.
Telefonga kelsak, bozorni suratga olayotganda, telefon undan tortib olingan, keyin buzilgan. Otabek Şerobod tumani hokimiga telefonining şikastlangani töğrisida murojaat qilgan. Unga muammoni hal qilişga va'da berişgan.
Şantaj haqida gapirilyapti, lekin aslida şantaj haqida heç qanday material yöq. U tasvirga olgan videoni öçirib taşlaşgan bölsa, ijtimoiy tarmoqlarga nimani joylaştirişi mumkin?» – deya ma'lum qildi u.
Şavkat Şokirov uşbu voqeadan bir oy ötgandan keyin ular Sattoriyni ma'muriy iş doirasida 15 sutka qamoqqa olişga harakat qilişganini ta'kidladi.
«Bu öxşamaganidan keyin, ular bir kunning içida bir oy avval bölgan voqea asosidagi arizani olişadi. Otabekka telefonni qaytarib berişni xohlaşlarini aytişadi. Berilayotgan paytida u hibsga olinadi va tovlamaçilikda ayblanadi», – deydi advokat.
Uning sözlariga köra, tergov organi haligaça uning aybini tasdiqlaydigan heç qanday dalilni taqdim etmagan.
10 fevral oqşomga yaqin Içki işlar vazirligi rasmiy murojaat bilan çiqiş qildi.
Vazirlik murojaatida ijtimoiy tarmoq faollaridan «davlat idoralarining harakatlarini şubha ostiga qöyiş, ularni obrösizlantirişga qaratilgan xabarlarni köpaytiriş, masalaning mohiyatini tuşunmasdan turib ommani çalğitiş»dan tiyilişga çaqirdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarning faollari tomonidan jinoyat işi bilan boğliq tekşirilmagan axborotni jamoatçilikka tarqatiş orqali biror-bir maqsadga erişişga harakat qiliş, tergov va sud organlarining faoliyatiga nisbatan sun'iy ravişda salbiy munosabat şakllantiriş – tergov qilişga yoki sud işlarini hal etişga aralaşiş, deb baholanadi va jinoiy javobgarlikni keltirib çiqaradi», – deya ogohlantirdi IIV.