AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 28 fevraldan 3 martgaça Qozoğiston, Özbekiston va Hindistonga taşrif buyuradi, deb xabar qildi AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati.

Ostonadan safarni boşlab u mintaqadagi barça beşta davlat vakillari bilan «AQŞning Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlaş, şuningdek, umumiy global muammolarga yeçim izlaşda mintaqa bilan hamkorlik uçun C5+1 (Markaziy Osiyo mamlakatlari + AQŞ) vazirlar uçraşuvida iştirok etadi».

C5+1 vazirlar yiğilişida AQŞ, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston örtasidagi iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi, deyiladi xabarda.

Keyinçalik Entoni Blinken Toşkentga keladi va şu yerda rasmiylar bilan «bir qator ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar böyiça hamkorlikni yanada rivojlantiriş» yuzasidan muzokaralar ötkazişi rejalaştirilgan. Bu uning Özbekistonga birinçi taşrifi böladi.

1 mart kuni u Nyu-Dehliga jönab ketadi, unda G20 taşqi işlar vazirlari yiğilişida köp tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş va oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, barqaror rivojlaniş, giyohvand moddalarni nazorat qiliş, global soğliqni saqlaş, gumanitar yordam va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş sohalarida hamkorlikni çuqurlaştiriş masalalari muhokama qilinadi.