Bugun, 10 iyun kuni Özbekiston Taşqi işlar vazirligida Rossiya tomoni bilan har oy migratsiya masalalari böyiça ötkaziladigan navbatdagi uçraşuv taşkil etildi, deb yozadi TIV matbuot kotibi.
Uçraşuvda Rossiya Federatsiyasi hududida ayrim holatlarda Özbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekşiruvlar, hurmatsizlik va qöpol muomalalar kuzatilayotgani töğrisidagi xabarlar taşviş uyğotayotgani ta’kidlangan.
Bunday holatlar ikki mamlakat örtasidagi döstona munosabatlarga aslo töğri kelmasligi, ularning oldini oliş uçun aniq çora-tadbirlar zarurligiga e’tibor qaratilgan.
«Özbekiston xorijda yaşayotgan va vaqtinça bölib turgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilişni özining ustuvor vazifasi deb biladi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, uşbu masala yuzasidan Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi tomonidan ham Rossiya tomoni bilan tegişli diplomatik kanallar orqali muloqot olib borilmoqda. Özbekiston tomoni barça fuqarolarga nisbatan xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya qilinişini ta’minlaşga çaqiradi.
«Şu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasining tegişli idoralarini Özbekiston fuqarolariga nisbatan hurmat bilan munosabatda böliş, ularning şa’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslikka çaqirib qolamiz.
Moskvadagi holat yuzasidan Rossiya Taşqi işlar vazirligiga Elçixonamiz tomonidan nota yuborilib, Rossiya TIVdan uşbu holatga izoh beriş hamda inson huquqlari yaqqol buzilganligi aks etganligi, bu esa qabul qilib bölmas holatligi ta’kidlanib, kuç işlatar taşkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho beriş söralgan», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi uşbu masalani özining doimiy nazoratida uşlab turadi va kerakli hollarda qöşimça çoralar körişni davom ettiradi.
Eslatib ötamiz, 8 iyun kuni Rossiya kuçişlatar tuzilmalari Moskvada ötkazgan reyd tadbirlarida migrantlarni haqoratlab, kuç işlatdi. Sankt-Peterburgdagi reydda esa 200 kişi köçada tunaşga majbur bölgan. Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi holat nazoratga olinganini aytib, jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari bölsa murojaat qilişni söradi.

















