Prezident Şavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

Qadrli döstlar!

Avvalo, siz, azizlarni, sohaning muhtaram faxriylarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etib, barçangizga özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirişdan mamnunman.

Sizlarning bu galgi kasb bayramingiz eng uluğ va eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik sanasi arafasida bölib ötayotgani unga alohida ruh va mazmun bağişlamoqda.

Barçangizga ayonki, keyingi yillarda yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalari sohasida ham tub özgarişlar amalga oşirilmoqda.

El-yurtimiz, jamoatçiligimiz matbuot naşrlari, tele-radio kanallar, naşriyot va matbaa korxonalari, Internet saytlari, axborot xizmatlarida öz vazifasini sidqidildan ado etayotgan zahmatkaş jurnalist va blogerlar, noşir va muharrirlar, tarjimon va rassomlar, rejissyor va operatorlar, barça texnik xodimlarning maşaqqatli mehnatini yaxşi biladi va yuksak qadrlaydi.

Fursatdan foydalanib, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yaşaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim özgarişlar, ustuvor ğoya va taşabbuslarning ma'no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan siz, azizlarga mamlakatimiz taraqqiyotiga qöşayotgan beqiyos hissangiz uçun çuqur minnatdorlik bildiraman.

Hurmatli döstlar!

Bugungi kunda barça darajadagi boşqaruv idoralari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar bilan muntazam uçraşib, jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida keng muhokama etişi yaxşi an'anaga aylanib bormoqda. Biz bunday yondaşuvni Özbekistonda olib borilayotgan oçiqlik, oşkoralik va demokratik siyosatning eng muhim yönalişlaridan biri deb bilamiz hamda milliy manfaatlarimizga javob beradigan bu yölni qat'iy davom ettiramiz.

Şu sababli ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi örni va ta'siri, faoliyat samaradorligi va ta'sirçanligini oşiriş, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlaş, soha xodimlarining mehnatini har tomonlama rağbatlantiriş biz uçun hamişa ustuvor vazifa bölib kelmoqda.