Huquq faoli Abdurahmon Taşanov feysbukdagi sahifasida tergov organlari tomonidan fuqarolar qiynoqqa solinayotgan holatlar mavjudligi haqida yozdi.

“Özbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilgan Namangan viloyati Pop tumani Çodak qişloğida yaşovçi Doniyor Töraxöjayev bosqinçilikda gumonlangan 40 yaşar ukasi Dilşodjonning 12-15 aprel kunlari Toşkent şahar IIBB tergov bölimida şafqatsiz qiynoqlarga solingani, oğzi va qöllari skotç bilan boğlanib, noinsoniy qiynoqlarga solinganini iddao qilgan.

Suriştiruv, advokatlari va guvohlar bilan suhbatlardan söng ma’lum böldiki, Dildoşjon Töraxöjayev haqiqatan ham fuqaro kiyimidagi jinoyat qidiruv bölimi xodimlari, qora maxsus kiyimdagi “ajal fariştalari” va tergovçilar tomonidan majburiy körsatma oliş maqsadida qiynoqqa solingan”, deyiladi “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati nomidan tarqatilgan xabarda.

Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov yirik uyuşgan jinoiy guruh tadbirkorlarga nisbatan tovlamaçilik qilib ularni qörquv ostida uşlab kelgani, ular ilgari oğir turdagi jinoyatlar bilan bir neça marotaba sudlangani hamda nihoyatda tajovuzkor ekani sababli maxsus kuçlarni jalb etgan holda qölga olinganini bildirdi.

“2023 yilning 12 aprel kuni IIV Tezkor qidiruv departamenti Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi, Toşkent şahar IIBB, Namangan viloyati IIB hamda DXX xodimlari tomonidan Toşkent şahri va Namangan viloyati hududlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida bir neça oylar davomida tadbirkorlarga nisbatan tovlamaçilik qilib ularni qörquv ostida uşlab kelayotgan yirik uyuşgan jinoiy guruhning 10 nafar a’zolari qölga olingan.

Guruh a’zolarining ilgari oğir turdagi jinoyatlar bilan bir neça marotaba sudlanganliklari hamda nihoyatda tajovuzkor ekanliklari inobatga olinib, Içki işlar organlarining maxsus kuçlari jalb etilgan holda qölga olinganlar va zararsizlantirilganlar. Gumondorlarning yonidan, oldindan maxsus tayyorlangan 2 dona ötkir tiğli jism, bir neçta skotç, içki işlar organlari xodimlarining dala formalari, rezina qölqoplar, 0,7 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi, tramadol tabletkasi va sport sumkasi daliliy aşyo sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumondorlarni boşqa bir qator oğir jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda. Barçasi örnatilgan tartibda himoya bilan ta’minlangan”,