Özbekiston valyuta zaxirasi miqdori 20 milliard dollardan ortiq, 25 milliard dollarga yaqin. Bu ma'lumot Moliya vaziri örinbosari Mubin Mirzayev tomonidan Xalqaro press-klubda aytildi.

«Kun.uz» muxbiri sessiya iştirokçilariga yuzlanib, bu haqda aniq ma'lumot berişni söragan.

Avvaliga Markaziy bank raisi örinbosari Saidkamol Xöjayev bunday savolga javob berişga vakolatli emasligini aytgan, lekin mamlakat zaxira jamğarmasi 2 yillik import uçun yetarli ekanini tasdiqlay olişini bildirgan. Lekin u Özbekistonning import hajmi qançaligini keltirmadi, 3 yildan buyon bunday ma'lumot e'lon qilinmagan.

Moliya vaziri örinbosari esa raqamlarni aniq ayta olmasligi, lekin 20 milliard dollardan ortiq zaxira şakllantirilganini aytgan.

U Xalqaro press-klub raisi Şerzod Qudratxöjayevning demak «bu miqdor 20-25 milliard dollar orasida ekani» haqidagi sörovini tasdiqladi.

Eslatib ötamiz, 2016 yilning noyabrida Fitch Ratings reyting agentligi Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari miqdorini keltirgan, öşanda ham bu miqdor 24 milliard dollarga teng ekani aytilgandi.