AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Toşkentdagi matbuot anjumanida taşqi propagandaga qarşi samarali kuraş olib borişda mahalliy naşrlar katta örin tutişini qayd etdi. U bloger Nikita Makarenkoning Özbekiston Rossiya propagandasi mahalliy aholida şakllantirgan fikrni özgartirişda katta bosim his qilayotgani, AQŞ bu borada Özbekistonga qanday yordam berişi mumkinligi haqidagi savoliga javob qaytardi.

«Öylaşimça, bu [propaganda] juda ham kuçli, faol va yaxşi ta’minlagan mahalliy OAVning ahamiyati qançalik yuqoriligini körsatmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan muhokamamizda ham bu haqda gaplaşdik. Qisman Rossiya yoki boşqa manbalar tomonidan kelayotgan dezinformatsiyaga qarşi turiş borasida… dasturimiz doirasida mustaqil OAVni qöllab-quvvatlaş tarafdorimiz. Hukumat bilan bevosita munosabatlarimizda biz OAV bemalol işlaşi uçun va mustaqil ovozlar paydo bölişi uçun imkoniyatlar yaratişga çaqiramiz. Turli ma’lumotlarning borligi va aholining öziga tanlaş imkoniyatini yaratiş haqida aytib kelamiz.

Darhaqiqat, Rossiya bu yerda va dunyoning boşqa qismlarida sezilayotgan juda kuçli va mustahkam propaganda va dezinformatsiya tizimini yaratgan. Va bunga eng yaxşi javob, albatta, haqiqatan ham erkin, mustaqil, oçiq OAV uçun eng qulay şart-şaroitlarni yaratiş, bu haqiqatlarni odamlarga yetkaziş va ularga öz qarorlarini qabul qiliş imkonini beradi», deya Blinkenning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.