Iqtisodiyot | 19:11 / 14.12.2022
214715
2 daqiqa o‘qiladi

Pensiyani hisoblash tartibi o‘zgarmoqda. Kimlarning pensiyasi oshadi?

3 mln so‘mdan ortiq oylik olib pensiyaga chiqqanlarning pensiyasi qayta hisob-kitob qilinadi va 1 yanvardan e’tiboran oshiriladi. Quyida jadval shaklidagi taqqoslama misol bilan tanishing.

2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobariga oshirilmoqda.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Pensiya jamg‘armasi bu o‘zgarishning ma’nosini tushuntirdi.

Yangi tartibga asosan, pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

Kun.uz Pensiya jamg‘armasining izohlarini jadvalga soldi.

Pensiya jamg‘armasining eslatishicha, pensiyalar miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinadi, bunda pensionerlar Pensiya jamg‘armasiga murojaat etishi shart emas.

Qayd etilishicha, jamg‘arma o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga dekabr oyida SMS xabar yuborgan.

Jamg‘arma pensiya miqdori oshgani to‘g‘risida ma’lumotni @pensiyauzbot Telegram-boti orqali tekshirib ko‘rish yoki 1140 ishonch telefoniga murojaat qilishni so‘ragan.

Mavzuga oid