Yiğilişda Şavkat Mirziyoyev ayrim xorij mamlakatlarida koronavirusdan jabr körganlarga davlat naqd pul körinişida yordam körsatayotgani haqida gapirar ekan, bu tajriba özini oqlamasligi haqida aytib ötdi.
Xususan, mamlakatda kam ta'minlanganlarning işonçli röyxati mavjud emasligi, uşbu mablağlar muhtojlarga yetib borişida korrupsiyaga yöl qöyilişi mumkinligiga e'tibor qaratildi.
«Albatta, rağbatlantiriş uçun pul tarqatiş oson yöl. Lekin ertaga buning oqibatda nimalarga olib kelişini hali biron bir iqtisodçi başorat qila olmayapti», deya ta'kidlagan prezident.
Şuning uçun joylarda tadbirkorlar va fermerlarga imtiyozlar beriş orqali kam ta'minlanganlarni iş bilan ta'minlaş, iste'mol mollari yetkazib beriş taklifini bildirildi. Tadbirkorlarga kam foizli kreditlar ajratiş, soliq va kredit ta'tili beriş, fermerlarga öğit va yoqilğini 15-20 foizga arzon narxda yetkazib beriş orqali, tadbirkor ham, öşa hududdagi kam ta'minlangan oilalar ham manfaatdor bölişi qayd etildi.
«Prezident aytdi, deb tadbirkorni ezişga, bir söm zarar keltirişga heç kimning haqqi yöq. Şundoq ham heç kimga aytmasdan saxovat qilayotgan tadbirkorlarimiz bor. Ming rahmat ularga. Ammo endi ularga imtiyozlar beriladi va şu orqali kam ta'minlangan oilalar davlatning yordamini sezadi.
Biz «Saxovat va kömak» umumxalq harakatini yölga qöymoqçi bölyapmiz. Bugun koronavirusga qarşi kuraşayotganlar, fidoyi insonlar, saxovatli tadbirkorlarimiz haqida ommaviy axborot vositalarida har kuni yoziladi. Bugungi oğir şaroitda matonat körsatayotganlar, ehtiyojmand yurtdoşlarimizga saxovat qilayotgan insonlar haqida hali kitoblar yoziladi, şe'rlar bitiladi. Ular haqida Ikkinçi jahon uruşida kuraşganlar haqida qanday kitoblar yozilgan bölsa, şunday kitoblar çiqadi. Bu ham uruş. Faqat duşman körinmaydi. Biz közga körinmas duşman bilan kuraş olib boryapmiz», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.


















