Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy internet naşrlarida Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Kun.uz muxbirlarini haqoratlayotgani, ularga jismonan yöq qiliş bilan tahdid qilayotgani aks etgan audioyozuv faol ravişda muhokama qilinmoqda.

Şu sababdan bugun, 17 noyabr kuni vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Kun.uz tahririyati vakillari va Jahongir Ortiqxöjayev örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Muloqot davomida şahar hokimligi va sayt tahririyatiga taalluqli, yuzaga kelgan muammoli masalalar muhokama qilindi.

Şuni rasman ma'lum qilmoqçimizki, mazkur muloqot yakuniga köra sayt jamoasi va poytaxt hokimligi rahbariyati örtasidagi barça tuşunmovçiliklar barham topdi. Tomonlar bir-birini tuşunib, özaro murosaga keldi.

Sayt tahririyati hokimning uşbu vaziyat yuzasidan bildirgan mulohazalarini qoniqarli deb topadi. 

Hamkasblar, boşqa naşrlarning jurnalistlari va blogerlarga şunday pallada faol qöllab-quvvatlaganliklari uçun minnatdorçilik bildiramiz.

Şu bilan birgalikda, ulardan bu masalani ortiq muhokama qilmaslikni söraymiz, zero faqat ikki tarafgagina tegişli bu nizo turli siyosiy kuçlar va şaxslar tomonidan tor manfaatlar yölida qurol sifatida foydalanilişini xohlamaymiz.