Mubaşşir Ahmad domla Qoraqalpoğistondagi vaziyat yuzasidan Kun.uz’ga özining fikr-mulohazalarini ma’lum qildi.
“Mazkur holatda bizdan köra köproq ma’lumotlar hukumatga yaxşi ma’lum. Şu sababli xalqimizni şaxsiy fikrlar bildirmay turişga da’vat qildim. Çunki biror notöğri harakat sabab vaziyat salbiy tomonga burilib ketişi mumkinligini anglagan holda birinçilardan bölib özim şaxsiy mulohazalarni bildirmaslikka amal qildim.
Prezident Mirziyoyevning Nukusga taşrifi va Qoraqalpoğiston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni örgangan holda, Özbekiston Konstitutsiyasining 70-75-moddalarini amaldagi tahrirda özgarişsiz qoldiriş haqidagi fikri tinçlik yölidagi şaxdam qadam böldi, deb hisoblayman.
Bizga hozirça masalaning bir tomoni körinib turibdi. Qolaversa, biz mustaqillik, suverenitet bilan boğliq oldingi tölqinni körganmiz. Özbekiston mustaqillikka erişiş arafasidagi çiqişlarni kuzatganmiz. Bu paytda odamlar his-tuyğuga juda urğu berib yuborişadi. His-tuyğu kuçayganda aql çekinadi. Şuning uçun uşbu masalada prezident qanday qaror qabul qilsa, qöllab-quvvatlaş tarafdoriman. Davlat rahbarining yuqoridagi qarori bu voqealarga yeçim böladi, deb umid qilamiz va buni Allohdan sörab qolamiz.
Qoraqalpoğistonlik birodarlarimizni avvalboşdanoq bosiq bölişga çaqirgandim. Endi nafaqat bosiq, balki huşyor bölişlarini ham sörab qolaman. Ya’ni taşqi kuçlarning ta’siriga tuşib qolmasliklarini xohlardim.
Sababi, Orol dengizi qurib borgani sari bu ölkada kattagina ekologik muammolar paydo böldi. Bundan taşqari, köplab iqtisodiy-ijtimoiy masalalarda ham yeçimini kutayotgan muammolar mavjud. Öşa ma’noda ularning mustaqillik talab qilişlari juda köp yöqotişlarga olib kelişi mumkin.
Qolaversa, şu vaqtga qadar özbeklardan heç qanday yomonlik körişmagan, ularga yomon köz bilan qaralmagan. Işonamanki, bundan keyin ham şu siyosat davom etadi – özbeklar yaxşi döst, insonparvar va mehmondöst millatdir. Şu ma’noda qoraqalpoq döstlarimiz özbeklardan özlarini olib qoçmasliklarini, aksinça, yanada jipslaşişlarini söragan bölardim. Çunki bundan boşqa har qanday yeçim izlaş qoraqalpoq xalqining vaziyatini yana oğirlaştiradi, deb bilaman.
Bizning qoraqalpoq eli bilan dinimiz bir, tilimiz bir, qaraşlarimiz ham bir. Şunday ekan, har qanday çaqiriqlarga ergaşmasdan, özlarining ham, bizning ham rahbarlarimizning gaplariga itoat qilişlarini sörab qolaman” deydi Mubaşşir Ahmad.

















