Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 14 fevral kuni respublikadagi barça OTM rektorlari va filial direktorlariga «şoşilinç» yorliği bilan topşiriq jönatgan.
Unda OTM rahbariyatlariga barça talabalarni örganib, ular orasidan şartli 3 guruh: jinoyatçilikka moyil, yot ğoyalar ta’siriga tuşiş arafasidagi va tartib-qoidalarga rioya etmaydigan talabalar röyxatini şaklantiriş va ajratib olingan talabalarga vazirlik, OTMlarning rahbar-xodimlarini biriktiriş, ularning ota-onalari bilan individual suhbatlar taşkil etib boriş topşiriği berilgan.
Xatda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ötkazgan majlisda OTMlarga berilgan topşiriqlar ijrosi böyiça sifatli ma’lumotlarni 3 kunda [email protected] elektron manziliga (asoslovçi hujjatlarni ilova qilgan holda word va pdf şaklda) birinçi rahbar imzosi bilan tasdiqlagan holda yuboriş söralgan.
Talaba qaysi mezonlar asosida jinoyatçilikka moyil deb topilişi haqida esa xatda heç qanday izoh yöq.


Mavzuga birinçilardan bölib e’tibor qaratgan ta’lim böyiça ekspert Komil Jalilov talabaning «jinoyatçilikka moyil»ligi, «yot ğoyalar ta’siriga tuşiş arafasida» ekanligi qaysi mezonlar asosida belgilanişi, «yot ğoyalar» deganda qanday ğoyalar nazarda tutilayotgani, qaysi tartib-qoidalarga rioya etmaydigan talabalar röyxati söralayotgani borasida savollar qöygan.
Jalilov, şuningdek, vazirlikning bunday taşabbusi Konstitutsiya normalariga mos emasligini ham qöşimça qilib, Adliya vazirligidan holatga munosabat bildirişini söragan.
«Har kim öz şa’ni va obrösiga qilingan tajovuzlardan, şaxsiy hayotiga aralaşişdan himoyalaniş ... huquqiga ega. «Har kim fikrlaş, söz va e’tiqod erkinligi huquqiga ega». «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi. «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi».


















