Sönggi bir yarim oy içida vakolatli davlat organlari tomonidan karantin qoidalarini buziş, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga böysunmaslik va boşqa şu kabi köplab huquqbuzarliklarga oid 100 mingdan oşiq işlar körildi. Boşqalarga örnak bölişi uçun qoidabuzarlarga ma'muriy qamoq yoki jinoyat işi qözğatilişigaça bölgan qat'iy çoralar körildi. Hatto köçada tibbiyot niqobisiz yurgan yoşlar 15 sutkaga qamalganiga oid holatlarga ham guvoh böldik. 

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston xalq artisti, xonanda Yulduz Usmonovaning içki işlar organlari xodimlariga nisbatan haqoratomuz sözlari va harakatlari aks etgan videoroliklar tarqaldi. Ularda xonanda tungi vaqtda içki işlar organlari xodimlari taşabbus körsatib Sardobadagi toşqindan jabr körgan aholiga yordam körsatiş uçun ötkazayotgan xayriya tadbirlarida xavfsizlik çoralari va tartib-intizomni ta'minlab bermaganidan noroziligini bayon qiladi.

Videoda Yulduz Usmonova karantin çoralari amal qilib turgan bir vaqtda, jamoat joyida tibbiyot niqobisiz yurganini köriş mumkin. Bundan taşqari, u içki işlar organlari xodimlari (aniqroği tizimining) şa'ni, qadr-qimmat va işçanlik obrösiga putur yetkazadigan sözlar aytadi va harakatlar amalga oşiradi. 

«GAI keldi, şu trassaga qarayman deb. Odam ber dedim, mana bu yerga qaragani, kördinglar, xöp dedi, ketdi, bermadi. Uçastkovoy şunday yarim soat ***ga bir tepib keldi, yarim soat körindida oğzini oçib qoçvordi. Endi men bunaqangi bezalabrnostni (palapartişlikni - tahr.) körmaganman. Yöq sizlarga, yöq, nol v karboke vy. Ni kakoy uvajyeniye, kakoy uvajyeniye kakoye lyubvi mojyet byt. Vot vam uvajyeniye (şu kadrda qöl harakati bilan haqorat belgisini körsatadi - tahr). Uvajyeniye nado zaslujivat, uvajayemyye lyudi v pogonax. Men mutlaqo aytyapman, jurnalistlarimiz, yozinglar, yoritinglar şunaqa narsani. Vidite spyat oni takogo vremya. Omon bölinglar!», deydi xonanda instagramdagi sahifasiga joylaştirilgan videoda.

U yana bir videoda xodimlarning otalarini la'natlaydi.

«Bugun Mirzo Uluğbek tumanining melisasining zami (tuman IIB boşliği örinbosari nazarda tutilgan bölişi mumkin – tahr.) trassaga qarayman dedi. Mayor edi. Bitta melisa bering, GAI bering, eplolmay qoldik dedim, xöp dedi, bermadi. Uçastkovoy çiqmadi.

Padarla'nati böldilaring bugun. Xalq birlaşdi, xalqning yonida turmadilaring. Tfu! GAIlarga, melisalarga», deya haqoratini davom ettiradi xonanda.

Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga köra, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz böliş bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.