Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ai-92 benziniga chegirma bekor qilindi
UNG Petro shoxobchalarida bu markadagi benzin narxi 7500 so‘mdan 8600 so‘mga ko‘tarildi. Mart oyida chegirma e’lon qilinishidan oldingi narx 9000 so‘mdan yuqori edi.
Foto: O‘zbekneftgaz
“O‘zbekneftgaz”ning UNG Petro AYoQShlarida Ai-92 markali benzin uchun mart oyidan buyon amal qilib kelgan chegirma bekor qilinib, narx 7500 so‘mdan 8600 so‘mga ko‘tarildi.
Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan chegirma 1 maygacha davom etishi belgilangan, lekin keyin uni bekor qilish noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
O‘shanda Energetika vazirligi chegirma muddatini uzaytirib, may oyi ichida narx 7500 so‘mdan ham arzonlashishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Lekin amalda bunday bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, Ai-92 benzini vaqtincha aksiyadan oldin 9000 so‘mdan yuqori narxda sotilayotgandi.
May oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UNG Petro” MChJni xususiylashtirish bo‘yicha konsalting kompaniyalari uchun tanlov e’lon qilgan. Kompaniya O‘zbekiston bo‘ylab 78 ta AYoQShga egalik qiladi.
Mavzuga oid
12:02 / 11.02.2026
Benzin uchun oylik pul kompensatsiyasi miqdori oshirildi
15:51 / 02.02.2026
Benzinga naqd pulda to‘lov to‘xtatiladi
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
15:29 / 29.01.2026