Ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, ilk marta (5 yillik muddatga) sudya bo‘lish uchun hujjat topshirgan 18 nafar nomzodning 15 nafari sudyalik lavozimiga loyiq deb topildi. Jumladan:

Nuriddinjon Yoqubovich Tojiboyev – Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Hulkaroy G‘opporovna Isakova – Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Kamolxon Muhibilloyevich Xomidov – Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Fazliddin Xudayberdiyevich Xidirov – Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Farxod Abdullayevich Zakirov – Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Fazliddin Kutbiddinovich Ishanxodjayev – Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Dilnavoz Shaxabidinovna Bekmatova – Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Avazjon Kenjayevich Payg‘amov – Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Toxirjon Tursunovich Salimov – Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Anvar Turayevich Dusmurodov – Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Ikrom Egamberganovich Rajabov – Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Mavlanjon Muxsinjonovich Muxitdinov – Toshkent shahar